Chevrolet kompaniyasi Nyu-York avtosalonida yangi avloddagi Spark kompakt-karini namoyish etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Yangi avtomobil Opel Karl va Vauxhall Viva modellari bilan umumiy platformada qurilgan.

Yangi model hajmining aniq o‘lchamlari hozircha ma’lum emas, faqatgina u avvalgi modeldan 40 millimetrga pastroq ekanligi aytilgan, buning evaziga aerodinamika yaxshilangan. Shuningdek, yangi konsept-kar uzunroq ham bo‘ladi. Avvalgi Spark’ning balandligi 1549, uzunligi 3675 millimetrni tashkil etardi.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Ushbu Spark avtomobillarida Opel va Viva’ning 1,4 litrli Ecotec dvigateli o‘rnatiladi, yana qanday dvigatelli versiyalar chiqarilishi ma’lum qilinmagan. Yangi Spark 100 kilometrga 5,8 litr yoqilg‘i sarflaydi. Modelning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar mavjud, ichki dizayn esa oshkor qilinmagan.