GM Korea kompaniyasi rublning qadrsizlanishi tufayli Rossiyaga avtomobil hamda oldindan yig‘ilgan komplektlarni eksport qilishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Kompaniya bosh direktori Sergio Rochaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yo‘qotishlarni qoplash uchun yangi bozorlar qidirilmoqda, shuningdek O‘zbekiston va Avstraliyaga avtomobil eksporti ko‘paytirilishi mumkin.

Avvalroq, GM konserni 2014-yil oxiri va 2015-yil boshidagi nihoyatda past savdo darajasi tufayli Opel va Chevrolet Rossiya bozoridan ketishini, Chevrolet’dan faqatgina Camaro, Corvette va Tahoe qolishini e’lon qilgan edi.