Nyu-Yorkdagi motor-shouda “Yilning butunjahon avtomobili” tanlovi g‘olibi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Autonews.ru”. Eng ko‘p ovozni Mercedes-Benz C-Class to‘plab, BMW 2-Series Active Tourer, Volkswagen Passat B8, Nissan Qashqai va Mazda 2’ni ortda qoldirdi.

Foto: autonews.ru

Foto: autonews.ru

O‘tgan yili bu borada g‘oliblikni Audi A3, 2013-yilda esa Volkswagen Golf qo‘lga kiritgan edi.

“Yilning butunjahon avtomobili” nominatsiyasidan tashqari, marosim doirasida Mercedes-AMG GT ham taqdirlandi, u “Eng yaxshi sport avtomobili” deb e’tirof etildi.

Shuningdek, eng yaxshi dizayn uchun mukofotni Citroen C4 Cactus krossoveri qo‘lga kiritdi, “Yilning yashil avtomobili” deb esa BMW i8 tan olindi.