Yaponiyaning Nissan avtokonserni 2016-yilda ilk haydovchisiz avtomobillarni sotuvga chiqarmoqchi. Bu haqda Renault-Nissan rahbari Karlos Gon Nyu-Yorkdagi avtosalonda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

“Bizda bunday texnologiya bor, tabiiyki uni tezroq Yaponiya bozorida namoyish etishni istaymiz”, − dedi Gon. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Nissan avtomobillariga haydovchisiz funksiyalarni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

2016-yilda chiqariladigan ilk modellar haydovchiga faqatgina katta magistrallarda yordam bera oladi. Shahar ichida avtomatik tarzda harakatlana oladigan va ko‘plab to‘siqlarni aylanib o‘ta oladigan avtomobillar 2020-yilga kelibgina sotuvga chiqariladi.