Empty harakatidan ruhlangan holda, RedPen nashri O‘zbekistonda shunga o‘xshash aksiya tashkillashtirishga qaror qildi. Birinchi manzil sifatida O‘zbekistondagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazi — “Samarqand Darvoza” tanlandi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi instagramchilar uchun kimsasiz moll eshiklari ochildi. Uzbek Apparel liboslar brendi esa ushbu harakatga milliy bo‘yoq berdi.

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Quyida ushbu aksiya doirasida olingan suratlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Foto: redpen.uz

Ma’lumot o‘rnida: Empty harakati Nyu-Yorkda instagramchi Deyv Krugman tashabbusi bilan paydo bo‘lgan, u Nyu-Yorkning Metropoliten muzeyida ishdan tashqari soatlarda o‘tkazilgan yopiq uchrashuvga bir necha boshqa foydalanuvchilarni taklif qilgan. Muzeyda hech kim bo‘lmagan paytda ular suratga tushgan va ularni Instagram’ga #emptymet heshtegi ostida joylagan.

#emptymet loyihasi shunchalik darajada muvaffaqiyat qozondiki, ayni paytda harakat butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda, va ko‘plab kompaniyalar ishdan keyingi soatlarda Instagram-fotosuratchilar uchun jon deb o‘z eshiklarini ochmoqda. Loyihada The Metropolitan Museum of Art, Kopengagendagi Davlat san’at muzeyi va Londondagi Royal Opera House ishtirok etib ulgurdi.