Zarur qo‘shimcha texnik va ishga tushirish-sozlash ishlarining o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi ilgari e’lon qilingan sana (10-aprel) dan 2015-yil 15-aprel kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

UzMobile GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha “O’zbektelekom” AK sotuvlar ofislarida 15-aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi. UzMobile filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash vazifalari yuklatilgan.