Kaliforniya suv havzalarining sohilga yaqin hududlarida yosh dengiz arslonlarining ommaviy halokati davom etmoqda. Los Angeles Times gazetasi xabariga ko‘ra, shu yilning birinchi uch oyi davomida 2 mingdan ziyod kasal jonivorlar shtat sohillariga chiqib qolgan, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: zoopicture.ru

Foto: zoopicture.ru

“Bular asosan dengiz arslonlarining 7 oylik bolalaridir. Ular ozuqa yetishmasligi va yuqumli kasalliklar oqibatida kuchsizlanib qolmoqda”, – deya takidlanadi Los Angeles Times gazetasida. Faollar kuchsiz jonivorlarni maxsus reabilitatsiya markaziga eltmoqda.

Olimlar haligacha bir necha yil ilgari dengiz arslonlari orasida tarqalgan epidemiya sababini tushuntirib bera olmayapti. “Ko‘pgina mutaxassislar fikriga ko‘ra, jonivorlar Tinch okeani suvlarining isishi oqibatida o‘zlariga kerakli miqdorda ozuqa topa olmayapti”, — deyiladi maqolada.