Tengening real almashuv kursi yuqori baholangan, Qozog‘iston nominal kursni 30 foizga pasaytirishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Bank of America’ning Merrill Lynch bo‘limi tahlilchilari aytib o‘tdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Bunga Rossiya bilan savdo sharoitlarining yomonlashuviga olib kelgan rubl devalvatsiyasi va neft narxining tushib ketgani sabab bo‘lgan.

Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, yil oxiriga kelib, Qozog‘iston valyutasi kursi bir dollar uchun 250 tengega tushib ketadi (hozir 185,65 tenge). Hisobotda qayd etilishicha, siyosiy beqarorlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hukumat devalvatsiyani 26-aprelga belgilangan prezidentlik saylovlaridan keyingina o‘tkazishi mumkin.