Polshaning Idea Bank banki dunyodagi ilk ko‘chib yuruvchi, avtomobilga o‘rnatilgan bankomatlarni va depozit nuqtalari xizmatini taklif eta boshladi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.

Foto: vedomosti.ru

Foto: vedomosti.ru

Buning uchun bank BMW i3 elektromobili orqa o‘rindig‘i o‘rniga kerakli uskunalarni o‘rnatgan. Ushbu xizmat kichik kompaniyalarga o‘z moliyaviy ishlarini qulay boshqarishga yordam berishi aytilmoqda.

Bank boshqaruv raisi Yaroslav Avgustinyakning so‘zlariga ko‘ra, Idea Bank mijozlarining 45 foizi asosan kichik kompaniyalar xo‘jayinlari bo‘lib, bank bo‘limlariga faqatgina to‘lovni amalga oshirish va naqd pul olish uchun boradi. Ulardan 80 foizi buning uchun shaxsan o‘zi borib, haftalik operatsiyalar uchun bir necha soat sarflaydi. Yangi xizmat ushbu jihatni qulaylashtirish uchun yo‘lga qo‘yilgan.