8-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentining zamonaviy va noodatiy dizaynga ega yangi versiyasi ishga tushdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Qayd etilishicha, sayt tuzilmasi takomillashtirilgan. Prezident ma’muriyati ishi va tuzilmasi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun alohida “Gosudarstvo” saytiga o‘tish shart emas, endi bu “Kremlin.ru” bo‘limlaridan biriga aylandi. Portal mobil telefon, planshet va yirik monitorlarga avtomatik ravishda moslashadi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti saytining barcha versiyalari arxivda jamlangan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, saytning yangi versiyasi bilan Vladimir Putin tanishib chiqqan va uning fikrlari ham inobatga olingan.