Boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun ilk nomzod Rossiyaning Vladimir shahrida yashovchi 30 yoshli dasturchi Valeriy Spiridonov bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

2015-yil fevral oyida italiyalik neyroxirurg Serjo Kanavero inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ilk operatsiyani 2017-yilda amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Bel mushaklari atrofiyasidan aziyat chekuvchi Spiridonov shifokor bilan Skype orqali muloqotda bo‘lgan. Ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarning 50 foizi 1 yoshdan oshmasligi aytiladi, biroq Spiridonov 30 ga kirgan va oliy ma’lumot olishi ham mumkin.

Qayd etilishicha, shifokor va bemor ikki yildan buyon operatsiya sharoitlari va xavflarini muhokama qilib keladi. Spiridonovning oilasi operatsiyadan omon chiqish imkoniyati kamligini bilsa-da, uning qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda. Donor sifatida bosh miyasidan tuzalmas jarohat olganlar yoki o‘lim jazosiga mahkum etilgan jinoyatchilar tanlanishi mumkin. Operatsiyaning aniq sanasi hozircha ma’lum emas.