Hozirgi kunda sayohat qilish arzonga tushadigan mashg‘ulotlardan emas. Biroq sayyoramizda shunday ajoyib joylar borki, ham manzarasidan bahra olasiz, ham bunga ancha kam pul sarflaysiz. “Xitrosti jizni” sayti ana shunday maskanlar o‘nligini taqdim etdi.

1. Ksamil Bich, Albaniya

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Bu yerda turar-joy uchun oyiga 100−120 dollar to‘laysiz, sayyohlik infratuzilmasining boshqa jihatlari ham juda arzon.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

2. Las-Trankas, Chili

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Janubiy Amerikaning eng yaxshi qoyalari joylashgan ushbu hududda turar-joy oyiga 300 dollar turadi. Yagona muammo − bu yerda ko‘pincha qish hukmron.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

3. Avarua, Kuk orollari

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Bu yerda turar-joy uchun oyiga 130 dollar to‘lab, ajoyib manzaralardan bahra olish va kitlar galasini kuzatish mumkin.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

4. Cheski Krumlov, Chexiya

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Chexiyaning Bogemiya viloyatida joylashgan ushbu ajoyib shaharcha O‘rta asrlar qal’asini eslatib yuboradi. Uyg‘onish davriga xos yarmarkalari, Atirgullar festivali bilan mashhur shaharda turar-joy uchun oyiga 400 dollar to‘lash yetarli.

5. Ko Tonsay, Kambodja

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Kambodja janubidagi ushbu orolcha faqat jungli va plyajlardan iborat bo‘lib, deyarli hech kim yashamaydi. Mahalliy baliqchilar besh dollar evaziga o‘zlari tutgan krabdan ajoyib taom tayyorlab berishadi.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

6. Guanaxuato, Meksika

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Meksika markazida joylashgan, madaniy jihatdan ilg‘or ushbu shaharda eng zo‘r turar-joy uchun oyiga 150−200 dollar to‘lashingiz kifoya.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

7. Marvarid orollari, Panama

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Tinch okeanida, Panamadan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu arxipelagda dengiz yoqasidagi uyning oylik ijarasi 300 dollar turadi. Manzarasi qoyilmaqom bo‘lgan orol bir paytlar eng kuchli qaroqchilar makoni bo‘lgan, hozirda esa sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

8. Agonda plyaji, Goa, Hindiston

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Goa janubidagi ushbu maskanda plyaj bo‘ylab filda sayr qilishingiz, oyiga 120 dollar to‘lab, dengiz bo‘yidan kulbani ijaraga olishingiz mumkin.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

9. Veliko Tirnovo, Bolgariya

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Bolgariya shimolida, shu nomdagi vodiyda joylashgan go‘sha Qora dengiz sohilidagi eng go‘zal maskanlardan biridir. Turar-joy uchun oyiga 200 dollar to‘lash yetarli bo‘ladi.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

10. Xo Kok Bich, Vyetnam

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru

Vyetnamning janubi-sharqiy sohilida 11 gektarlik o‘rmonzor joylashgan bo‘lib, sayyohlardan holi ushbu hududda turar-joy ijarasi uchun oyiga 150−200 dollar to‘laysiz.

Foto: econet.ru

Foto: econet.ru