Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida 4-aprel, shanba kuni oliygoh bitiruvchisi Aziz G‘aniyning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Universitetning huquq fakultetini 2012-yilda tugatgan Aziz G‘aniy 29-mart kuni Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida mototsiklda kelgan noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. Aziz G‘aniy Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligini Davlat protokoli boshqarmasida ishlagan.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

“Biz Xalqaro Vestminster universitetining eng yorqin bitiruvchilaridan birini yo‘qotdik. Aqlli, ko‘ngli ochiq va jasur inson bo‘lgan Aziz G‘aniy doimo xotiramizda qoladi”, − dedi talaba Sherzod Tolibjonov.