Rossiyalik xakerlar Oq uy kompyuter tizimiga kirish uchun AQSh davlat departamenti kompyuterlaridan foydalangan, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua” CNN’ga tayanib.

Foto: usatoday.com

Foto: usatoday.com

Xakerlar Barak Obamaning omma uchun mo‘ljallanmagan kun tartibi ma’lumotlarini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Jinoyat ishini tergov qilish bilan FQB, Maxfiy xizmat hamda AQSh razvedkasi shug‘ullanmoqda.

Kiberhujum butun dunyo bo‘ylab joylashgan kompyuterlardan amalga oshirilganligiga qaramasdan, xakerlar Rossiya hukumati rahnamoligi ostida ishlagan.

Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha AQSh prezidenti yordamchisi o‘rinbosari Ben Rods ta’kidlashicha, xakerlar Qo‘shma Shtatlar milliy manfaatlariga jiddiy zarar yetkaza oladigan ma’lumotlarni qo‘lga kirita olmagan.