Ispaniya futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda simulyatsiya uchun olgan sariq kartochkasini bekor qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

Foto: ronaldo7.net

Foto: ronaldo7.net

Bu ogohlantirish Ronaldu uchun mavsumdagi beshinchisi edi. U qoidaga ko‘ra “Eybar”ga qarshi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Ammo vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqqan Tartib-intizom qo‘mitasi a’zolari o‘sha vaziyatda hakam Ronalduga nohaq sariq kartochka ko‘rsatgan deb topdi. Shu tufayli Ronaldu shanba kuni bo‘ladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.