Argentinalik taniqli futbolchi va murabbiy Diyego Maradona Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatterni korrupsiyada aybladi, deya xabar bermoqda “ABC.es”. Ayblovlar Blatterning FIFA prezidenti lavozimiga beshinchi marta saylanish uchun ilgari surilishi bilan bog‘liq.

Foto: wikipedia.org

Foto: wikipedia.org

“Blatter poraxo‘r. Bu odam umrida to‘p tepmagan bo‘lsa-da, cheksiz haq-huquqqa ega. Iordaniya shahzodasidan tashqari, Blatter bilan hech kim teng kela olmaydi”, — dedi Maradona.

Blatter va Iordaniya shahzodasidan tashqari, FIFA prezidentligiga rasmiy nomzodlar bo‘lib “Real” va ”Barselona” sobiq futbolchisi Luish Figu hamda Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi rahbari Mixael van Prag hisoblanadi.

FIFA prezidentligiga saylovlar 2015-yil 29-mayga belgilangan.