11-aprel kuni O‘zbekiston oliy liga jamoalari 4-tur uchrashuvlarini boshladi, deb xabar beradi Uff.uz.

Foto: naesmi.uz

Foto: naesmi.uz

Taqvimga ko‘ra, dastlab muxlislar “Navbahor” (Namangan) – “So‘g‘diyona” (Jizzax), “Metallurg” (Bekobod) – “Neftchi” (Farg‘ona), “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Dinamo” (Samarqand), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Andijon” (Andijon) jamoalari bahsiga guvoh bo‘lishi kozda tutilgan edi.

Yana uchta o‘yin 12-aprelda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Unda “Mash’al” (Muborak) – “Olmaliq” (Olmaliq), “Qizilqum” (Navoiy) – “Paxtakor” (Toshkent) hamda “Buxoro” (Buxoro) – “Nasaf” (Qarshi) juftliklari maydonga chiqadi.

Mazkur to‘rtinchi turni yakunlab beruvchi “Lokomotiv” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) bahsi esa 13-aprel kuni o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda muxlislar uchun o‘ziga xos yangilikni bildirib o‘tsak, Navoiy viloyati hokimligi, “Qizilqum” PFK va O‘zbekiston teleradiokompaniyasi hamkorligida Navoiy shahrida bo‘ladigan “Qizilqum” — “Paxtakor” jamoalari bahsi ilk marotaba oynai jahon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.

Uchrashuv Navoiy shahridagi Umid qo‘rg‘onida qad rostlagan “Yoshlar” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. “Sport” telekanali orqali jonli namoyish etiladigan mazkur o‘yinni Zafar Imomxo‘jayev hamda Rahmonqul Boltayev birgalikda sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” — “Paxtakor” uchrashuvi 12-aprel kuni soat 17:30 da boshlanadi.