Butunjahon boks seriyasi (WSB) doirasida beshinchi mavsumning navbatdagi janglari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

O‘zbekistonlik ikki nafar bokschi – Xasanboy Do‘smatov va Xurshidbek Normatov ishtirok etayotgan Ukrainaning “Ukraina atamanlari” jamoasi bu safar Kiyev shahrida Jazoirning “Sahro lochinlari” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu safar hamyurtlarimiz qatnashayotgan vazn toifalarida janglar o‘tkazilmadi.

52 kg:

Azat Usenaliyev (“Ukraina atamanlari”) – Abdulhakim Elbarka (“Sahro lochinlari”) WP 3:0 (50:44, 50:45, 50:45)

60 kg:

Viktor Slavinskiy (“Ukraina atamanlari”) – Reda Benbaziz (“Sahro lochinlari”) WP 3:0 (48:47, 48:47, 48:47)

69 kg:

Oleg Zubenko (“Ukraina atamanlari”) – Zoir Kidachi (“Sahro lochinlari”) WP 3:0 (49:46, 48:47, 48:47)

81 kg:

Aleksandr Xijnyak (“Ukraina atamanlari”) – Nabil Kassel (“Sahro lochinlari”) TKO R2

91 kg:

Igor Shevadzutskiy (“Ukraina atamanlari) – Xamza Beguirni (“Sahro lochinlari”) TKO R4