O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Monte Karlodagi Masters seriyasiga kiruvchi turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Denis Istomin. Foto: olamsport.com

Denis Istomin. Foto: olamsport.com

Saralashning uchinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Istomin ilk davrada italiyalik Roberto Markorani 6:0, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Navbatdagi asosiy to‘rga yo‘llanma beruvchi uchrashuvda slovakiyalik Norbert Gambos bilan hisob-kitob qilishi lozim. Dunyo reytingida 120-pog‘onada borayotgan Gambos kecha ilk saralash bosqichida ancha nomdor raqib – tunislik Malek Jazirini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida yengdi.

Ma’lumot uchun, Istomin dunyo reytingida 66-pog‘onadan joy olgan.