Rossiya Harbiy-dengiz flotining “Priazovye” kemasi Yamandan 308 kishini, xususan, 8 nafar O‘zbekiston fuqarosini evakuatsiya qildi. Bu haqda, Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkovga asoslanib, 12news.uz xabar berdi.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Uning so‘zlariga ko‘ra, Adandagi harbiy harakatlar davom etayotgan hududdan 19 mamlakat fuqarolari evakuatsiya qilingan: Rossiya – 45 kishi, AQSH – 18, Buyuk Britaniya – 5, Bolgariya – 1, Estoniya – 6, Ukraina – 14, Belarus – 9, Turkmaniston – 3, O‘zbekiston – 8, Ozarbayjon – 5, Bahrayn – 1, Jibuti – 5, Yaman – 159, Somali – 1, Falastin – 3, Iordaniya – 13, Kuba – 9, Misr – 2, Saudiya Arabistoni – 1.

Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilingan fuqarolarning barchasi Rossiya kemasida xavfdan holi, ularni Jibutiga yetkazishadi.

Ma’lumot uchun, Yamanda O‘zbekistonning o‘z diplomatik vakolatxonasi yo‘q. Bungacha O‘zbekiston fuqarolari Yamandan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyotlarida evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.