O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 14-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Foto: ibtimes.com

Foto: ibtimes.com

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 5,71 so‘mga oshib, 2501,87 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 32,99 so‘mga oshib, 2739,95 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 5,01 so‘mga oshib, 48,99 so‘mni tashkil etadi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.