O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta o‘rtalarida O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Foto: newpix.ru

Foto: newpix.ru

Jumaldan, 14-aprel kuni respublikaning barcha mintaqalaridagi ayrim hududlarda, 15-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysida, shuningdek Respublikaning tog‘li hududlarida 16-aprel kuni ham yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 13−14-aprelda kechasi 7−12° iliq, kunduzi 15−20° iliq, kunduzi 15-aprelda 13−18° iliq, 16−18-aprelda 18−23° iliq, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 13−14-aprelda kechasi 13−18° iliq, kunduzi 23−28° iliq, 15−18-aprelda kechasi 7−12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 13−14-aprelda kechasi 13−18° iliq, kunduzi 25−30° iliq, 15−18-aprelda kechasi 13−18° iliqdan 8−13° iliqgacha o'zgarib turadi, kunduzi 21−26° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 13−14-aprelda kechasi 9−14° iliq, kunduzi 25−30° iliq, 15−18-aprelda kunduzi 18−23° iliq, 13−14-aprelda Toshkent shahrida kechasi 12−14° iliq, kunduzi 28−30° iliq, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 13−14-aprelda kechasi 9−14° iliq, kunduzi 23−28° iliq, kechasi 15−16-aprelda 9−14° iliq, 17−18-aprelda 7−12° iliq, kunduzi 18−23° iliq bo‘ladi.