22-aprel kuni Rosiiya va MDH davlatlarining 400 dan ortiq fuqarolarini Yaman poytaxtidan Rossiya samolyotlarida evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

“Ketishni istaganlarning taxminiy soni mavjud. O‘zbekiston, Tojikiston, Yaman, Ukraina fuqarolari murojaat qilgan. Ularning hammasiga qo‘ng‘iroq qilib, ertaga ertalab aeroportga kelishlarini so‘radik. 400 dan ortiq kishi bor”, − dedi Rossiyaning Sanadagi elchixonasi vakili.

“Ertaga ertalab soat sakkizda ikkita samolyot uchib kelishini kutyapmiz. Agar ular kelsa, yo‘lak ochib berishsa, juda xursand bo‘lar edik”, − deya qo‘shimcha qildi elchixona xodimi.

Avvalroq, Yamandan Rossiyaning ikki samolyotida O‘zbekistonning 47 nafar fuqarosi, Rossiya harbiy kemasida sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingani xabar berilgan edi.