2011-yil bir fuqaro Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida parrandachilik sexini tashkil qildi. Korxonada 7000 ta tovuq boqila boshlandi. Shuningdek, u mahalliy temirchilik bozoridan moyjuvoz dastgohini sotib oldi. Dastgoh yordamida kungaboqardan yog‘ olinib, jo‘jalarga ozuqa sifatida berilar edi. Biroq ikki yil o‘tib, sex faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Andijon viloyati. Foto: O‘zA

Andijon viloyati. Foto: O‘zA

Shundan so‘ng, fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan pul topishni niyat qildi. Shu vaqtda u bir shaxs bilan tanishib qoldi va ushbu shaxsdan 2 tonna 80 kilogrammga teng paxta chigitini xarid qilib, uning bir tonnasidan 420 kilogramm paxta yog‘ini oldi. Biroq u mahsulotlarini savdoga chiqarishga ulgurmadi: mutasaddi idora vakillarining harakatlari bilan huquqbuzar qo‘lga olindi.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan olib borilgan tahlillar chog‘ida noqonuniy yo‘llar bilan ishlab chiqarilgan paxta yog‘i inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli hamda iste’molga yaroqsiz deb topildi. Sud fuqaroga nisbatan tegishli jazo tayinladi.