Jahon banki va O‘zbekiston hukumati Meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish loyihasini Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘laridan moliyalashtirish uchun  150 million dollarlik qarz bitimini imzoladi, deya xabar bermoqda UzReport.

Foto: pymnts.com

Foto: pymnts.com

Loyiha meva-sabzavotchilik sektoridagi fermerlarga ko‘mak berish va qishloq joylarida ko‘p ish o‘rinlarini yaratishga turtki berishga qaratilgan.

Loyiha qishloq xo‘jaligiga texnik ko‘mak, kredit olish imkoniyati va Loyihani boshqarish imkoniyatini berishni ko‘zda tutadi. U O‘zbekistonning Andijon, Jizzax, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi.