O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta oxirida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Foto: newpix.ru

Foto: newpix.ru

Jumladan, 25−26-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26-aprel kuni barcha hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. 26−27-aprel kuni tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 24-aprel kuni Toshkent shahrida kechasi 18—20°, kunduzi 28—30°, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida kechasi 15—20°, kunduzi 28—33°, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 7—12°, kunduzi 20—25°, Qashqadaryo va Surxondayo viloyatlarida kechasi 15—20°, kunduzi 32—37°, Farg‘ona vodiysida kechasi 13—18°, kunduzi 25—30° bo‘ladi. 26-aprelda deyarli barcha hududlarda kechasi va kunduzi 15—20° bo‘ladi.