Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchisi Samarqandda avtobus haydovchilari tamaki chekishini ma’lum qilib, bunday holatlardan biri aks etgan fotosuratlarni ilova qilgan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Shuningdek, muallif foydalanuvchilar bunday holatlar yuzasidan qaysi davlat muassasiga shikoyat qilish lozimligi bo‘yicha maslahat so‘ragan. Foydalanuvchilar viloyatlarda transport kompaniyalari xususiy ekanligini ta’kidlab, har biri o‘zi qoidalarni belgilashini ma’lum qilgan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Bundan tashqari, izoh qoldirgan jamoat transporti haydovchilarining tamaki chekishi holatlarini tanqid ostiga olgan va Toshkent shahrida ham bunday holat ko‘p uchrashi qayd etilgan. Jumladan, foydalanuvchilardan biri “Samarqandlik haydovchilar ham toshkentlik hamkasblari bilan birga malaka oshirganga o‘xshaydi” deya izoh qoldirgan.