Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga qizil rangdagi “Jiguli” avtomobili tomida joylashgan yukxonaga to‘rt nafar yosh bola mindirilgani aks etgan fotosuratlar chiqarildi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, suratlar Samarqand viloyatining Jomboy tumanida olingan. Unda mashina ichida haydovchidan tashqari besh-olti kishi (aksariyati bolalar) borligi, ustidagi yukxonaga joylashtirilgan to‘shak ustida esa to‘rt bola yotgani ko‘rinib turadi. Surat olingan vaqtda mashina harakatda bo‘lgani yoki bo‘lmagani ma’lum emas.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Suratlar ostiga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar ushbu holatni tanqid ostiga olingan. Jumaldan, bolalar mashina ustidan tushib ketishi va ularga zarar yetishi mumkin bo‘lgani aytilgan. Foydalanuvchilardan biri esa orqa yukxonada ham bir necha kishi bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.