16-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Muhammad Yusuf ko‘chasida joylashgan avtobuslar shoh bekatida to‘qnashib ketgan Mercedes va Isuzu rusumli avtobuslari qayta tiklanadi, deya xabar bermoqda “UZ24” “Toshshahartransxizmat”ga tayanib.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Hozircha avtobuslar korxona hisobidan ta’mirlanadi, xarajat keyinchalik aybdor shaxslardan ushlab qolinadi.

Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda, uning yakunlariga ko‘ra, tergov xulosasi beriladi va hujjatlar aybdorni aniqlash uchun sudga yo‘naltiriladi.

Sud YTH aybdorini aniqlab, yetkazilgan zarar miqdorini belgilaydi va uni qoplashi kerak bo‘lgan shaxslarni aytadi.

Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan YTHda 50-yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu qayrilayotganda, 88-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes uning yon tomonidan kelib urilgan edi.

Mercedes haydovchisi oyog‘idan jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan. Isuzu haydovchisi esa jiddiy shikastlanib, hushidan ketib qolgan va talvasaga tushgan. U shifoxonaga olib ketilgan. Hodisa vaqtida avtobuslarda yo‘lovchilar bo‘lmagani ma’lum qilingan edi.