Rossiya va Xitoy 11-may kuni Novorossiyskda harbiy dengiz mashg‘ulotlarini boshladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi O‘rtayer dengizida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Rossiya va Xitoy 110515

Foto: tvc.ru

Rossiya mudofaa vazirligi bergan xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlar uchinchi tomonga yoki mintaqadagi siyosiy vaziyatga qarshi qaratilmagan. Unda Rossiya harbiy dengiz floti va Xitoy harbiy dengiz kuchlaridan taxminan 10 tacha kema ishtirok etadi.

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya—Xitoy harbiy hamkorligi yangi chaqiruv va xavflarga nisbatan ikkala tomonning birgalikdagi salohiyatini oshirishga qaratilgan. Antonov 2015-yilning avgust oyida Yapon dengizida Xitoy bilan yana bir o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishini ta’kidlab o‘tdi.

3-sentabr kuni Xitoyda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yillik tantanalariga bag‘ishlangan paradga rossiyalik harbiylar ham boradi.