Shvetsiya oliy sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni hibsga olish haqidagi orderni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Assanjning advokatlari sud qaroridan norozi ekanliklarini, sud himoya tomoniga o‘z fikrlarini bildirish uchun imkoniyat bermaganini ma’lum qilishdi. Sudning besh a’zosidan faqat bir nafari hamkasblarining qaroriga qo‘shilmadi va Assanjni hibsga olishni bekor qilish kerakligini ta’kidladi.

Sud majlislari davomida Shvetsiya oliy sudi Assanj ham sudga kelishi kerakligini talab qildi, oxir-oqibat 2012-yildan Londonda yashirinib yurgan Assanjga o‘sha yerdan turib ko‘rsatma berishga ruxsat etdi.

Avstraliya fuqarosi hisoblangan Julian Assanj Shvetsiya tomonidan jinsiy tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud Assanjni 2011-yil dekabrida sirtdan hibsga olgan. WikiLeaks asoschisi 2012-yil iyunidan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududida yashirinib turibdi.

Assanjning o‘zi unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni tan olayotgani yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Shvetsiya uni hibsga olsa, darhol AQSHga topshiradi, AQSH esa Assanjni turli hukumat idoralari va xizmatlarining maxfiy hujjatlarini omma e’tiboriga havola qilib yuborgani uchun ta’qib qilmoqda.