Berlinda istiqomat qiluvchi 13 farzandning onasi hisoblangan 65 yoshli Annegret Raunig bir yo‘la to‘rt egizak – uch o‘g‘il va bir qizaloqni dunyoga keltirdi. Deutsche Welle’ning yozishicha, u to‘rt egizak tuqqan yoshi eng katta ayol bo‘ldi.

Foto: 1tv.ru

Foto: 1tv.ru

Ayol xomiladorlikning 26 haftasida, 19-may, seshanba kuni tug‘di. Bolalarning og‘irligi 655 grammdan 960 grammgacha, bo‘yi 30-35 santimetr. Hozirgi vaqtda ular yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan inkubatorlarda saqlanmoqda.

Rus va ingliz tili o‘qituvchisi hisoblangan Raunigning 13 farzandidan tashqari yetti nevarasi ham bor edi. Uning to‘ng‘ich farzandi 40 yoshda bo‘lsa, eng kenja qizi – Lyola 10 yoshda. Aynan u onasidan kichik singil va uka olib kelishni so‘ragan, Raunig esa bunga rozi bo‘lgandi.