Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Londonga Erik Kleptonning konsertiga kelganidan so‘ng yo‘qolib qoldi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.

London-England-great-britain-31748901-1440-900

Kim Chen Chxol 23-may kuni Moskvagacha uchadigan samolyotga chiqishi, so‘ng Pekinga, undan esa Pxenyanga yo‘l olishi kerak edi. Biroq u yo‘lovchilar ro‘yxatida bo‘lmagan. Janubiy Koreya matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR yetakchisining akasi Pekinda ham ko‘rinmagan.

BBC News ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Chxol xonanda Erik Kleptonning konsertiga tashrif buyurish maqsadida birinchi marta xorijga chiqayotgani yo‘q. Bungacha u qo‘shiqchiing Germaniya va Singapuragi konsertlariga ham tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Kim Chen Chxol Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning katta akasi hisoblanadi. Kim Chenning o‘zi esa qarindoshlari va hukumatdagi hamkasblariga nisbatan qattiqqo‘l va shafqatsizligi bilan tanilgan.