Meksika politsiyachilari juma kuni mamlakat g‘arbida bo‘lib o‘tgan otishma vaqtida jinoiy narkokartelning 43 a’zosini yo‘q qilishdi. Qurolli to‘qnashuv natijasida tartib posbonlaridan bir nafari halok bo‘lgan, yana biri yaralangan, deya xabar bermoqda Kommersant.ru.

Foto: ndtvimg.com

Foto: ndtvimg.com

Bu haqda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Monte Alexandro Rubido Reuters agentligiga ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarga qarshi Michoakan va Xalisko shtatlari chegarasidagi jang uch soatga yaqin davom etgan.

Rubidoning qayd etishicha, politsiyachilarga “Xalisko karteli – yangi avlod” guruhi a’zolari qurolli qarshilik ko‘rsatgan. Vertolyot yordamida amalga oshirilgan to‘qnashuv yakuniga yetganidan so‘ng kartelning omon qolgan uch a’zosi hibsga olingan, granatomyot va 39ta o‘qotar qurol musodara qilingan.