Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga Hurmat ordenini shaxsan o‘zi topshirdi. Bu haqda News.Liga.net xabar bermoqda.

Foto: News.Liga.net

Foto: News.Liga.net

Checheniston rahbari va hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, taqdirlash marosimi Moskva Kremlida bo‘lib o‘tgan. Qayd etish joiz, Qodirovni ushbu mukofot bilan taqdirlash haqidagi farmonni Putin 2015-yil 9-martida imzolagan edi.

Checheniston hukumati matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, Qodirov “mehnat faoliyatida erishgan muvaffaqiyatlari, jamoatchilik faoliyati va ko‘p yillik halol mehnati uchun” ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiya qahramoni, Mardlik ordeni sohibi, IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni va boshqa mukofotlar egasi hisoblanadi.