Tailandda fil kanadalik sayyohning kamerasi yordamida selfiga tushdi. Bu haqda Korrespodent.net xabar bermoqda.

Foto: Korrespondent.net

Foto: Korrespondent.net

22 yoshli Kristian Leblank qo‘lida GoPro ekshn-kamerasini tutgani holda filni bananlar bilan boqayotgan vaqtda, fil texnikani sayyoh qo‘lidan tortib olgan, shunga qaramay kamera esa suratga olishda davom etavergan.

“Qo‘limda bananlar tugab qolganidan keyin fil kameramni tortib oldi. Baxtimga, fillar juda xotirjam va mehribon jonivorlar hisoblanadi. Men nafaqat kameramni qaytarib oldim, balki eng yaxshi fotosuratlarga ham ega bo‘ldim”, - dedi yigit.