Xitoy markazidagi Xunan viloyatida salonida 52 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. “TASS”ning xabar berishicha, halokat natijasida yetti kishi halok bo‘lgan, 40 kishi tan jarohati olgan.

Foto: TASS

Foto: TASS

Avariya Sinpin nohiyasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi kuchli yomg‘ir va haydovchining harakat yo‘nalishini bilmaganligi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Avtobusda Lyanshan tog‘i manzaralarini tomosha qilish uchun sayrga ketayotgan mahalliy kompaniya xodimlari bo‘lgan. Hozirgi vaqtda hodisa joyida tezkor qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda, jabrlanuvchilar kasalxonaga yetkazilgan.