AQSh Davlat departamenti mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishi kutilayotgan Hillari Klinton 2011−2012-yillarda davlat kotibi lavozimida ishlagan vaqtidagi elektron yozishmalarining 850 sahifasini chop qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Chop qilingan yozishmalarning birinchi qismiga 2011-yilda AQShning Beng‘ozidagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga doir xatlar kirgan. O‘shanda terakt oqibatida to‘rt kishi, jumladan elchi Kristofer Stivens halok bo‘lgan edi.

Xavfsizlik qoidalariga qaramay, xatlar Hillari Klintonning shaxsiy manzilidan jo‘natilgani AQShda katta toritishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Klinton tomonidan ish yozishmalari uchun shaxsiy elektron qutidan foydalanilishi xatlar ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ochilmasligiga sabab bo‘lgan. Raqiblari Klinton shu orqali muhim ma’lumotlarni yashirishga uringanini taxmin qilmoqda.