Joriy haftada Londonda Erik Kleptonning ikki konsertiga tashrif buyurgan KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Chxolning yo‘qolib qolganligi ehtimolini Buyuk Britaniya poytaxti politsiyasi tekshirmaydi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Kim Chen In. Foto: AP

Kim Chen In. Foto: AP

“Bizga bunday ismli odamning yo‘qolib qolishi bo‘yicha hech qanday murojaat kelib tushmadi. Shunday ekan, qidiruv ishlari olib borilmaydi”, − dedi Skotlend-Yardning rasmiy vakili.

Avvalroq, Buyuk Britaniya matbuoti 34 yoshli Kim Chen Chxol Londondagi rok musiqa konsertiga tashrif buyurgani haqida yozgan edi. Janubiy Koreya matbuoti esa konsertdan keyin u yo‘qolib qolgani haqida yozgan. Gap shundaki, u Pxenyanga Moskva va Pekin orqali qaytishi kerak bo‘lgan, biroq yo‘lovchilar ro‘yxatida uning ismi bo‘lmagan.