Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 20 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Arxiv. Foto: novostnik.ru

Arxiv. Foto: novostnik.ru

Avariya oqibatida Guvaxati−Sifung yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdining beshta vagoni ag‘darilib ketgan. Qayd etilishicha, avariya poyezd ko‘prikdan o‘tishi kerak bo‘lgan vaqtdan biroz oldin sodir bo‘lgan.

Baxtli tasodif tufayli hech kim halok bo‘lmagan. Barcha jarohatlanganlar, jumladan mashinist ham shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.