Janubiy va Shimoliy Koreya birlashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan xalqaro ayollar marshi ikki mamlakatni ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan hududni kesib o‘tdi. Bu haqda RBC.ru xabar bermoqda.

Foto: abcnews.com

Foto: abcnews.com

15 mamlakatdan yig‘ilgan 30 nafar ayol 1954-yili o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim imzolangan Shimoliy Koreyaning Panminchjon shahridan Keson sanoat zonasidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali avtobusda Janubiy Koreyaga o‘tishdi.

“Biz hamma imkonsiz deb ishni amalga oshirdik. Ushbu tadbir tinchlik, yarashuv va inson huquqlari uchun amalga oshirildi”, - dedi Gloriya Steymen. Uning qayd etishicha, ushbu marsh har ikkala Koreya hukumatlari tomonidan ma’qullangan.

Tarkibida Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibalari – Meyrid Maguayr va Leyma Gbovi ham bo‘lgan marsh faollari 19-may kuni Pxenyanga yetib kelishgan edi.

Ular shimoliy koreyalik ayollar bilan uchrashib, urush oqibatlarining ayollar va bolalar hayotiga ta’sirini muhokama qilishgan edi. Xuddi shunday uchrashuv janubiy koreyalik ayollar ham o‘tkaziladi.