Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nomaqbul tashkilotlar” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Unga ko‘ra, “Rossiya konstitutsiyaviy tuzumi asoslari, mamlakat mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligiga xatar soladigan” nohukumat bo‘lgan xorijiy yoki xalqaro tashkilot nomaqbul deb e’tirof etilishi mumkin.

Bu haqdagi qaror Rossiya bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan Rossiya TIV roziligi bilan qabul qilinadi. “Nomaqbul tashkilotlar” ro‘yxatini adliya vazirligi yuritadi va e’lon qiladi.

Qonun Rossiya hududida “nomaqbul tashkilotlar” tuzilmaviy bo‘linmalarini ochish, bunday tashkilotlarning faoliyat olib borishi, shuningdek axborot materiallarini tarqatishni taqiqlaydi.