Rossiyaning Ryazan shahrida maktab o‘quvchisi Ribnoye stansiyasida temir yo‘l ko‘prigidan yiqilib, halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘spirin kechasi yuqori kuchlanishli sim oldida selfi olmoqchi bo‘lgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Marhum 9-sinf o‘quvchisi so‘nggi qo‘ng‘iroq munosabati bilan sinfdoshlari bilan birgalikda ko‘prik yaqinida piknik uyushtirgan. Kech kirganda o‘smirlarning bir nechtasi sayr qilib, ko‘prikka chiqqan. O‘rtoqlari uni to‘xtatishga urinmasin, jabrlanuvchi metall konstruksiyaga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan.

U yuqori kuchlanishli simlarga juda yaqin masofada ko‘ndalang tirgaklarga yopishib, juda katta balandlikka chiqqan va temir yo‘lga uchinchi qavatga teng balandlikdan qulagan. O‘quvchi kasalxonaga ketish yo‘lida mashinada vafot etgan.