Suriyaning Aleppo shahri yaqinida hukumat armiyasiga tegishli vertolyot quladi. “TASS”ning xabar berishicha, hodisa natijasida vertolyot ekipajining barcha a’zolari halok bo‘lgan.

Foto: tomnichols.net

Foto: tomnichols.net

Armiyadagi manbalarning ma’lum qilishicha, “harbiy vertolyot Aleppo yaqinida joylashgan Kvers aerodromidan uchib ketish vaqtida halokatga uchragan”.

Qayd etishlaricha, aviahalokat vertolyotdagi texnik nosozlik sabab yuz bergan.