BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Burundi muxolifati yetakchisi Zedi Feruziyning o‘ldirilishini qoralab chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Foto: forumdaily.com

Foto: forumdaily.com

“Mazkur jinoyat, 22-may kuni Bujumbura markaziy bozoriga uyushtirilgan va ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan pastkash hujum kabi, ishonchsizlik muhitining yanada kuchayishi va zo‘ravonliklarga sabab bo‘lishi mumkin”, - deyiladi bayonotda.

Pan Gi Mun muxolifat yetakchisi o‘limiga aloqador shaxslar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.

Burundidagi tartibsizliklar mamlakat prezidenti Pyer Nkurunziza 26-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida uchinchi muddat uchun kurash olib borishini ma’lum qilganidan so‘ng boshlandi.

Mamlakatning 2005-yilgi konstitutsiyasiga muvofiq, prezident ketma-ket faqat ikki muddatga saylanishi mumkin, biroq Nkurunziza birinchi muddatga uni xalq emas, parlament saylaganini ta’kidlab, uchinchi saylovda ishtirok etishi mumkinligini ta’kidlab kelmoqda.