Gruziya mudofaa vaziri Tina Xidasheli va AQSh qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlarining Yevropadagi qo‘mondoni general-leytenant Frederik Ben Xodjes 24-may kuni yakuniga yetgan “Yuqori darajadagi sherik” Gruziya-Amerika harbiy mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli kechganini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Bunday bayonot Tbilisidagi brifingda yangradi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Xidasheli so‘zlariga ko‘ra, manyovrlar “muvaffaqiyatli va muhim” bo‘lgan. O‘z navbatida Xodjes “AQSh va Gruziyaning mudofaa sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotgani”ni ta’kidladi.

Nashr eslatishicha, harbiy mashg‘ulotlar 11-mayda Tbilisi yaqinidagi Vaziani bazasida boshlangan edi. Unda har ikki tomondan jami 600 nafar harbiy xizmatchi qatnashgan edi.