Malayziya hukumati Tailand bilan chegara yaqinida ommaviy qabriston topilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

Malayziya ichki ishlar vaziri Zohid Hamidiyning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy qabriston Bangladesh va Myanmadan kelgan noqonuniy muhojirlar uchun mo‘ljallangan 17ta lager yonida bo‘lgan.

Politsiya ushbu obyektni topgan vaqtda, u yerda hech kim bo‘lmagan. “Ushbu lagerlar bu yerlarda besh yillardan beri faoliyat olib borgan bo‘lishi mumkin”, - dedi vazir.

Malayziya matbuoti xabarlariga ko‘ra, qabrlarda Myanmada istiqomat qiluvchi va Islom diniga e’tiqod qiladigan rohinja xalqi vakillarining jasadlari bo‘lishi mumkin.

Myanmada ko‘pchilikni tashkil etuvchi buddaviylar va musulmon-rohinjalar o‘rtasida 2012-yilda qonli to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng, rohinjalar ommaviy ravishda Tailand va Malayziyaga qochishni boshlagan.