Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yer o‘pirilishi natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Foto: novayagazeta-ug.ru

Foto: novayagazeta-ug.ru

Favqulodda holat 24-may kuni Suzoq tumanining Qirjol qishlog‘ida sodir bo‘lgan: bir necha yuz kubometr hajmidagi tuproq beshta turar joyni bosib qolgan. Natijada olti kishi, jumladan uch bola halok bo‘lgan, yana o‘n kishi turli darajada jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgan.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oilalariga 100 ming som (taxminan 1,7 ming dollar)dan mablag‘ ajratishni buyurdi.