Qora dengizga AQSh harbiy dengiz kuchlarining “Ross” esminetsi kirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Kema yolg‘iz bo‘lgan, AQSh HDKning boshqa kemalari dengizga kirishi rejalashtirilmayotgani xabar berilmoqda.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Nashr ta’kidlashicha, “Ross” “Ijis” raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan harbiy kemadir, uning asosiy yarog‘-aslahasi “Tomogavk” qanotli raketalaridir.

“Ross” 2014-yilning sentabri va noyabrida ham Qora dengizda bo‘lgan.

Avvalroq “kemaning Qora dengizda bo‘lishi AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlariga xavfsizlikni ta’minlashda sodiqligini namoyish etishga qaratilgani” xabar berilgan edi.