Laosning Mekong daryosida parom ag‘darilib ketishi natijasida kamida 10 nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Hodisa 26-may kuni ertalab Laos poytaxti Vyentyan tumanlaridan birining hududida sodir bo‘lgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘quvchilar shu kuni imtihon topshirishga ketayotgan bo‘lgan.

Hozircha paromning ag‘darilib ketishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Halokat vaqtida paromda necha kishi bo‘lgani oydinlashtirilmoqda.